Manba: Xitoy Braziliyaning Petrobras neft kompaniyasiga qarzini qoplash uchun 10 mlrd dollar beradi

Jahon 22:56 / 27.02.2016 3053

Xitoy Braziliyaning Petrobras neft kompaniyasiga u joriy yilda to‘lashi kerak bo‘lgan 12 mlrd dollarlik qarzidan katta qismini qoplash uchun 10 mlrd dollar berishga tayyor, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, kreditni Xitoy rivojlanish banki berishi mumkin. Bank 2009 yilda ham Petrobras’ga 5 mlrd dollar qarz bergan. Agar joriy kredit amalga oshirilsa, Xitoy bankining umumiy krediti 15 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Reuters manbasining ma'lum qilishicha, kelishuv yangi kredit bo‘yicha qarzlar ham pul mablag‘lari, ham neft yetkazmalari bilan qoplanishini ko‘zda tutadi. Petrobras, shuningdek, Xitoyning Sinopec neft kompniyasiga 10 yil davomida har kuni 200 ming barrel neft yetkazib berishi lozim bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: