Suriya hukumati va muxolifati o‘rtasidagi tinchlik sulhi kuchga kirgan vaqtda Halab va Homs shaharlariga "Jibhat an-Nusra" terrorchi guruhiga aloqador guruh tomonidan minomyot orqali zarba berildi. Bu haqda RIA Novosti axborot agentligi mahalliy manbalarga asoslanib, xabar tarqatgan.
"Jangarilar Halabning kurdlar yashovchi Shiha va Ashrafiya tumanlariga minomyot orqali zarba bergan. Zarbalar sulh doirasidan tashqari guruh joylashgan Benziyod hududidan yo‘llangan.
Shuningdek, Homsning Im-Sharshuh va Mazari Hilaliya tumanlariga minomyot zarbalari berilgan", deydi manba.
Ma'lum qilinishicha, tinch aholi vakillari istiqomat qiluvchi bu hududlarga "Jibhat an-Nusra" ta'sirida bo‘lgan "Liva as-Sultan Mrad" guruhi tomonidan hujum qilingan.
Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv kuchga kirdi