Janni Infantino: "Futbolning qora kunlari tugadi. Dunyo hali FIFA bilan faxrlanadi"

Sport 08:52 / 27.02.2016 2137

FIFAning yangi prezidenti Janni Infantino FIFA kongressiga o‘z lavozimiga saylangandan keyin nutq bilan murojaat qildi.

"Hozir his-tuyg‘ularimni ifodalab berishim qiyin. Biz FIFAning imijini qayta yuklaymiz. Butun dunyo biz bilan faxrlanadi. Barcha 209 federatsiya va qolgan nomzodlarga minnatdorchilik bildiraman.

Futbol diqqat markazida bo‘ladigan yangi futbol erasini yaratmoqchiman. Futbol qora kunlarni boshidan o‘tkazdi, biroq endi hammasi tugadi.

Barchaga hamkorlik qilishni taklif qilaman va hammaga minnatdorchilik bildiraman", deb aytdi Infantino.

Ko‘proq yangiliklar: