Angliya futbol assotsiatsiyasi prezidenti Greg Daykning aytishicha, Janni Infantinoning FIFA prezidentligi uchun saylovda g‘alaba qilishi inglizlarga 2030 yilgi jahon chempionati mezbonligini qo‘lga kiritishida yo‘l berishi mumkin.
Angliyaliklar 2018 yilgi mundial mezbonligi uchun kurashda yutqazgach, Blatterning prezidentligi davrida boshqa ariza bermaslikka ahd qilishgandi.
"Biz Blatter bilan ishlashni istamagandik, chunki u g‘olib bo‘lishga umid qoldirmasdi. U bilan "qonli kurash" olib borishga to‘g‘ri kelardi. U bilan hamkorlik qilishning shunchaki iloji yo‘q edi.
Endi esa yangi davr keldi. Biz kelgusida bir qancha turnirlarni o‘zimizda qabul qilishni istaymiz. futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionati Shimoliy Amerikada o‘tishi aniq. Biz 2030 yilgi JCh mezbonligi uchun ariza bilan murojaat qilishimiz mumkin", deya Daykning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Daily Mail.
Bundan oldinroq Argentina, Chili va Urugvay kabi mamlakatlar 2030 yilgi mundial mezbonligiga da'vogarlik qilishi haqida xabarlar berilgandi.