Gvatemalada ikki sobiq harbiy 120 va 240 yilga qamaldi

Jamiyat 17:10 / 27.02.2016 3704

Gvatemala sudi fuqarolik urushi chog‘ida ayollarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik jinoyatini sodir etgan ikki nafar sobiq harbiyni 100 yildan ortiq muhlatga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqida CNN ma'lum qildi.

Podpolkovnik Stilmen Fransisko Reyyes 120 yil muddatga, harbiy komissar Xeriberto Valdes — 240 yil muddatga qamaldi.

Xabar qilinishicha, jinsiy zo‘ravonlikka uchragan ayollar soni 15 nafar bo‘lib, ular Gvatemalaning tub aholisdir. Kekchi nomi bilan mashhur mazkur fuqarolar faqat mayya tilida gaplashadi.

Qotillik, zo‘rlash va jinsiy xo‘rlash jinoyatlari 1982-1983 yillarda Gvatemalada bo‘lgan fuqarolar urushi davrida, mamlakatning sharqiy qismiga joylashgan harbiy bazada sodir etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: