Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gari Lineker FIFA prezidentligi uchun saylovda Janni Infantinoning g‘olib bo‘lganiga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
«Menda shunday his paydo bo‘lganki, shundan qo‘rqamanki, Infantino o‘z niqobini yechadi va biz yana Blatterni ko‘ramiz», — deya yozadi Lineker o‘z tvitteri orqali.
Eslatib o‘tamiz, Infantino 26 fevral kuni Tsyurixda o‘tgan saylovda 115 ovoz olib g‘alaba qozondi. Uning saylovdagi asosiy raqibi, OFK prezidenti shayx Salmon ibn Ibrohim Al-Xalifa esa 88ta ovoz oldi.
Endi ushbu shveysariyalik amaldor 2019 yilgacha tashkilotni boshqaradi. Kecha o‘tkazilgan islohotga ko‘ra, Infantino yana 2 marta FIFA prezidentligi uchun nomzodini qo‘yishi mumkin bo‘ladi.