Fitch reyting agentligi Ozarbayjonning kredit reytingini pasaytirdi

Iqtisodiyot 08:38 / 27.02.2016 2364

Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi Ozarbayjonning kredit reytingini BBB- dan BB +, ya'ni "chiqindi" darajasigacha pasaytirishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.

"Neftga past narxlar Ozarbayjonning moliyaviy holatini ancha yomonlashtirdi", deb ta'kidlab o‘tdilar agentlik tahlilchilari.

Ularning aytishicha, reytingni pasaytirish haqidagi qarorga Ozarbayjon hukumatining neft narxi pastligi sababli daromadlari va xarajatlarini to‘g‘rilashga qodirmasligi ta'sir qildi, bu esa qo‘shimcha salbiy reyting harakatini keltirib chiqarishi mumkin.

Agentlik vakillari Ozarbayjon yalpi ichki mahsulotining 2016 yilda 3,3 foizga kamayishini prognoz qilmoqdalar.

Avvalroq Ozarbayjon S&P reyting agentligi tomonidan mamlakat reytingining "chiqindi" darajasigacha tushirilganiga norozi bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: