Bishkek shahar kengashi deputatlarining katta qismi Qirg‘iziston poytaxtining yangi hokimligi uchun Albek Ibraimov nomzodini ma'qulladi. Bu haqda «KirTAG» xabar bergan.
Xabar qilinishicha, 45 deputatdan faqat biri Ibraimovning saylanishiga qarshi bo‘lgan.
Qayd etilishicha, Ibraimov bundan oldin «Manas xalqaro aeroporti» AJ rahbari sifatida ishlagan, uning shahar hokimligi uchun nomzodi Qirg‘iziston sotsial-demokratlar partiyasidan ko‘rsatilgan.