Bashar Asad maslahatchisi: Rossiya va AQSh tinchlikka qarshi chiqayotganlarga ta'sir qilishi kerak

Jahon 21:35 / 27.02.2016 4097

Damashq Rossiya va AQSh Suriyadagi yarashuv doirasida natijalarga erisha olishi va qarshilik ko‘rsatayotgan guruhlarga ta'sir ko‘rsata olishiga umid qilmoqda, deb aytdi Suriya prezidenti maslahatchisi Busayn Sha'ban.

Sha'banning ta'kidlashicha, birdaniga bir nechta terrorchilik guruhi yarashuvni qo‘llab-quvvatlamasligini e'lon qilgan, chunki unga "Jibhad an-Nusra" kiritilmagan, "haqiqat esa shundaki, bu guruhlar yaqindan o‘zaro harakat qiladi va ba'zi hududlarda ularni bir-biridan ajratishning iloji yo‘q".

"Biz Rossiya va AQSh yarashuvga qarshilik qilayotgan guruhlar yarashuv tartibini bajarishga qo‘shilishlari uchun ularga ta'sir ko‘rsata oladilar, deb umid qilamiz. Kuni-kecha AQSh Davlat kotibi Jon Kerri yarashuvga amal qilmaydiganlar terrorchilar deb hisoblanishlari va ularning joylashgan o‘rinlari hujumga uchrashini aytdi. Umid qilamanki, Kerri va'dasida turadi", deb aytdi siyosatchi ayol "Vesti v subbotu s Sergeyem Brilevym" ko‘rsatuviga bergan intervyusida.

Ko‘proq yangiliklar: