«Atletiko» jamoasi yarim himoyachisi Saul Niges bugun «Real»ga qarshi kechadigan bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. U o‘zining qaymoqranglilar akademiyasida o‘tkazgan davrlarini eslagan.
«Maydondan tashqari g‘alati ishlar sodir bo‘lib turardi. Futbol o‘ynayotganimizda hammasi joyida bo‘lardi, ammo maydondan tashqarida 11-12 yoshli bola qabul qilishi qiyin bo‘lgan ishlar sodir bo‘lardi.
Mening butsamni o‘g‘irlashgan, ovqatsiz qolganman. Bir safar qilmagan ishim uchun jazolanganman va 2 haftaga mashg‘ulotlardan chetlatilganman.
O‘shanda kimdir mening nomimdan murabbiyga shikoyat xati yozgan. Men esa bu ishni qilmaganimni isbotlab bera olmaganman.
Men hamish o‘zimga ishonganman va «Real»dan ketish, bu qiyomat kelishini anglatmasligini bilardim. Boshqa jamoada ham o‘ynab keta olishimga ishonardim», – deya Saulning so‘zlarini keltiradi Marca nashri.
«Real» va «Atletiko» o‘rtasidagi Ispaniya chempionatining 26 tur uchrashuvi bugun bo‘lib o‘tadi.