"Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger Angliya chempionatining 28-turida "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs oldidan raqiblar bosh murabbiyi Lui van Gaalning vaziyati haqida fikr bildirdi.
U keyingi vaqtlarda muxlislar va jurnalistlar ushbu gollandiyalik tajribali mutaxassisga doimiy ravishda tanqid toshlari yog‘dirayotganiga e'tibor qaratgan.
"Manchester Yunayted" haqida ko‘p gapirishni istamayman. Biz o‘z ishimiz bilan mashg‘ulmiz. Albatta, raqibni yetarlicha hurmat qilamiz. Men van Gaalning qiyin holatga tushganini his qilib turibman, uni muammolar o‘rab olgan", deydi Venger Goal.com nashriga.
"Manchester Yunayted" va "Arsenal" jamoalari bahsi 28 fevral kuni, Toshkent vaqti bilan soat 19:05da boshlanadi.