Argentinaning sobiq prezidenti Kristina Fernandes de Kirshner valyuta bozoridagi firibgarlik ishi bo‘yicha sudda ko‘rsatma berish uchun chaqirildi. U 13 aprel kuni o‘tkaziladigan sudda ishtirok etishi kerak.
Shuningdek, sudda ko‘rsatma berish uchun chaqirilganlar qatorida Argentinaning markaziy banki sobiq rahbari Alexandro Vanoli, uning sobiq o‘rinbosari Migel Anxel Pese va mamlakatning sobiq iqtisodiyot vaziri Aksel Kisilof ham bor.
Argentina markaziy banki dollar qiymatini sun'iy ravishda tushirib, mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazgani gumon qilinmoqda.
2015 yilning dekabrida Argentina hukumati 2011 yilda milliy valyuta bo‘lmish pesoni qo‘llab-quvvatlash uchun joriy qilingan valyuta ayirboshlashlarni bekor qilgandi.
Argentinaliklar 1 oy ichida 2 ming dollardan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi valyutani tegishli ruxsatnomalar asosida almashtirish huquqiga egaligi aytilgandi.