AQShning Republic Airways aviakompaniyasi uchuvchilar yetishmagani sababli kasodga uchradi

Jahon 10:12 / 27.02.2016 1696

AQShning Republic Airways aviakompaniyasi kasodga uchradi va Nyu-York sudiga kreditorlardan himoyalanish uchun murojaat qildi. Uchuvchilarning yetishmayotgani kompaniyaning kasodga uchrashiga asosiy sabab bo‘lgan, bu kompaniyaning juda ko‘p sondagi samolyotlardan foydalanishni to‘xtatishiga majbur qilgan.

"Biz bundan qochish uchun ko‘p harakat qildik", deb aytdi aviakompaniya ijrochi direktori Brayan Bedford. U faoliyatni qayta tashkil qilish rejasini taqdim qilganini tasdiqladi. Republic Airways kreditorlardan himoyalanish amal qilishi vaqtida ishchi tartibda o‘z ishini davom ettirishni mo‘ljallayapti.

Aviakompaniya United Airlines, Delta Air Lines va American Airlines kabi yirik kompaniyalar bilan hamkorlikda AQShda ichki reyslarni amalga oshiradi. Aviakompaniya ixtiyorida 240 taga yaqin samolyot bor, ular har kuni mamlakatning 100 ga yaqin shahariga taxminan 1250 ta reys amalga oshiradi. Kompaniyaning 6 mingga yaqin xodimi, jumladan 2,1 ming uchuvchisi bor.

O‘tgan yilning 3 choragida aviakompaniyaning parvoz soatlari 5 foizga qisqardi. Aviakompaniya shartnomadagi majburiyatlarini bajara olmay qoldi. Bu holat uning hamkori Delta Air Lines aviakompaniyasini uning ustidan sudga da'vo arizasi topshirishga majbur qildi.

Ko‘proq yangiliklar: