AQShda o‘qituvchisini o‘ldirgan o‘smirga umrbod qamoq jazosi tayinlandi

Jamiyat 09:31 / 27.02.2016 4228

O‘z o‘qituvchisining qotilligida ayblangan amerikalik o‘smir umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi. Bu sud hukmi Massachusets shtatidagi Salem shahrida chiqarilgan.

17 yoshli Filip Chizmga 2013 yilning oktabrida ayblov qo‘yilgandi. Prokuratura ma'lumotlariga ko‘ra, u bu harakatini 14 yoshdaligida Denvers shahridagi maktabdagi mashg‘ulotlardan keyin 24 yoshli matematika o‘qituvchisi Kolin Rittserni o‘ldirgan. Qoralovchi tomonning bildirishicha, o‘smir ayolga kantselyariya pichog‘i bilan hujum qilib qattiq jarohatlagan, keyin bo‘g‘ib tahqirlagan.

2015 yilning dekabrida Chizm o‘z aybiga iqror bo‘ldi.

Jinoyatning og‘irligiga qaramay, Chizmni voyaga yetmagan sifatida sud qilishgan. Oqlovchi tomonning aytishicha, o‘smir o‘sha vaqtda ruhiy inqiroz hamda g‘azabda bo‘lgan va o‘zi nima qilayotganini anglamagan.

Sud qaroriga ko‘ra, Chizmga chiqarilgan hukm kamida 25 yil amalda bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: