AQShda erkak 4 kishini otib, o‘zining joniga qasd qildi

Jahon 07:19 / 27.02.2016 2900

26 fevralda AQShning Vashington shtatidagi Belfeyr shahrida ommaviy qotillik yuz berdi.

Bu qotillik haqidagi xabarni politsiyaga qotilning o‘zi bergan. Erkak politsiyaga telefon qilib, ikki bola, bir erkak va ayolni otib tashlaganini aytgan.

Politsiya xodimlari zudlik bilan aytilgan manzil bo‘yicha chiqishgan. Politsiya jinoyatchi joylashgan uyni bir necha soat davomida qurshovda ushlab turishiga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, xavfsizlik nuqtai nazaridan qo‘shni ko‘chalar ham qurshab olingan.

Natijada jinoyatchi politsiyachilar yoniga chiqqan, biroq uy ostonasida o‘zining joniga qasd qilgan.

Politsiya xodimlari voqea joyidan yaralangan qizni shifoxonaga olib ketishgan. Hozirda bo‘lib o‘tgan voqeaning sabablari va tafsilotlari hamda halok bo‘lganlar va qotil o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlashtirilmoqda.

AQShda oxirgi vaqtlarda ommaviy qotilliklar borgan sari ko‘p yuz bermoqda. Mamlakatda qurol olib yurishga deyarli taqiqlov yo‘q. AQSh prezidenti Barak Obama bunga qarshi chiqmoqda, biroq kongress uning qurol-aslahaga egalik qilish islohotiga  o‘zgartirishlar kiritishga barcha urinishlariga qarshi chiqmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: