AQShda bir erkak o‘z xotini va bolalarini otib tashladi

Jamiyat 17:35 / 27.02.2016 4389

AQShning Vashington shtatida yashovchi shaxs butun oilasi, shu jumladan, Rossiyadan asrab olgan ikki nafar bolani ham otib tashladi. Bu haqida Associated Press xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, noma'lum erkak politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zining butun oilasini otib tashlagani haqida xabar bergan. Voqea joyiga yetib borgan maxsus guruh jinoyatchi bilan 3 soat muloqot olib borgan. So‘ng uy shturm qilingan. Shu paytda oila boshlig‘i uyning orqa hovlisida o‘z joniga ham qasd qilgan.

Jinoyat oqibatida jinoyatchining xotini va ikki nafar asrab olgan rus millatiga mansub o‘g‘li halok bo‘lgan. Xitoydan asrab olgan qizi esa omon qolgan.

Xabarlarda marhum jinoyatchi bir muddat avval shifoxonaga tushib qolgani va ko‘p miqdorda dori ichgani aytilmoqda. 2013 yilning 1 yanvaridan AQShda rossiyalik bolalarni farzandlikka olishni taqiqlovchi “Dima Yakovlev qonuni” kuchga kirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: