AQSh apellyatsiya sudi Samsung kompaniyasi Apple’ning bir nechta patentlarini buzganligi uchun to‘lashi kerak bo‘lgan 119,6 mln dollarlik jarimani bekor qilishga qaror qildi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, sud Apple patentlashtirgan "slide-to-unlock " va "tez havolalar" texnologiyasini "ayoniy" deb atadi va ularga olingan patentlarni kuchga ega emas deb topdi.
Shu bilan birga sud Apple’ning o‘zidan Samsung’ning raqamli fotosuratlar va videoyozuvlarni siqish texnologiyasidan foydalanganlik uchun 158 ming dollar jarima undirish haqidagi qarorni kuchda qoldirdi. Samsung vakili sudning bu qarorini "tantanali g‘alaba" deb atadi.
Avvalroq Kaliforniya sudi Samsung kompaniyasiga ikkita patentga huquqni buzganlik uchun Apple’ga 119,6 mln dollar to‘lash majburiyatini qo‘ygandi. Da'vo arizasiga ko‘ra, Apple Samsung’dan 2 mlrd dollar talab qilgan.