AQSh Davlat departamenti Moskvaning Suriyadagi muxolifatga zarbalar bermaslikka tayyorligini ma'lum qildi

Jahon 09:41 / 27.02.2016 2119

Moskva Suriyada yarashuv vaqtida o‘rtamiyona muholifat guruhlariga aviazarbalar bermaslikka Vashingtonni ishontirdi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.

"Rossiya tomoni biz o‘rtamiyona muxolifat deb hisoblaydigan isyonchilarga qarshi zarba bermaslikka va'da berdi", deb aytdi matbuot-anjumanda AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Mark Toner.

Toner endi Rossiya yarashuv shartlarini bajarishga tayyorligini amalda ko‘rsatishi kerak, deb ta'kidlab o‘tdi.

Ko‘proq yangiliklar: