Fox News`ning taxminiga ko‘ra, Apple kompaniyasi muxtaxassislari Kaliforniya shtatidagi Sanniveyl shahridan uzoq bo‘lmagan o‘z kompleksida birinchi elektromobilni ishlab chiqish ustida maxfiy ravishda faoliyat olib bormoqda.
Kompleksga yaqin hududda istiqomat qiluvchilarning tasdiqlashicha, hududga 3,7 metrlik to‘siqlar o‘ratilgan. Tunu kun turli mexanik shovqinlar va temir-tersaklar ovozi mahalliy aholini hayratga solmoqda. Temirchilik sanoati faollashgandek taassurot uyg‘otmoqda.
Shuningdek, odamlar telekanalga Apple kompaniyasiga tegishli inshootdagi shubhali qo‘riqlash holati haqida ham xabar berishgan. Kuchuklari bilan kompleks yaqinida sayr qilayotgan odamlar Toyota Priuse oq avtomobilidagi qorovullar diqqat bilan kuzatayotgani, obektga juda yaqin borib qolganlar, piyoda qo‘riqchilar tomonidan darhol to‘xtatilayotgani haqida aytishgan.
Apple hozircha jurnalistlarning savollariga hech qanday munosabat bildirmadi. Kaliforniyadagi korporatsiya ham ilk avtomobillar ustida izlanishlar olib borilayotgani to‘g‘risida rasmiy xabar bermagan. Biroq OAV avvalroq Apple kompaniyasi Ford va Mercedes-Benz`dan o‘nlab avtomobilsoz mutaxassislarni jalb qilgani haqida yozgandi.
Reuters agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, 2014 yili Apple kompaniyasi boshlig‘i Tim Kuk BMW kompaniyasining Myunxendagi shtab-kvartirasida bo‘lgan. Uning yordamchisi esa avtokonserning Leyptsigdagi zavodida BMW i3 elektromobilining ishlab chiqarilishi jarayoni bilan tanishgan.