OAV: Alisher Usmonov "Everton" jamoasining yangi egasi bo‘ldi va "Arsenal"dagi ulushini 30 foizga oshirdi

Sport 07:34 / 27.02.2016 7878

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Angliyaning "Everton" futbol jamoasining yangi egasiga aylandi. 62 yoshli tadbirkor, shuningdek, o‘zining "Arsenal" jamoasidagi ulushini 14 foizdan 30 foizga oshirdi.

Usmonov "kanonirlar"ning asosiy egasi bo‘lmagani sababli u boshqa klubning egasi bo‘lishga huquqi bor edi, deb xabar bermoqda The Daily Mail nashri.

Joriy mavsumda "Everton" Angliya Premer-ligasida bir tekis ishtirok eta olmayapti, jamoa 26 ta turdan keyin 11-o‘rinni egallamoqda. "Everton" qo‘lga kiritgan oxirgi sovrin 1995 yilgi Angliya Kubogi hisoblanadi.

Forbes jurnalining ma'lumotlariga ko‘ra, Alisher Usmonovning boyligi 2015 yilda 14,4 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: