Mamlakatdagi iqtisodiy o‘sishning susayishi ko‘rinishida Xitoydan sezilarli darajadagi mablag‘ning chiqib ketishi jahon iqtisodiyoti uchun xatarlidir, deb ma'lum qildi Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagard.
Kristin Lagard Shanxayda bo‘lib o‘tadigan ikki kunlik “yigirmataliklar” majlisi oldidan markaziy banklar boshqaruvchilari va moliya vazirlari yig‘ilishida ham xuddi shunday ma'lumotni bildirgandi, deb xabar berdi RNS.
Shuningdek, u Xitoy iqtisodiyotida ichki yalpi mahsulot 6,3 foizga o‘sishini ham prognoz qildi.