Turkiya o‘z kuchlari bilan uzoq masofaga uchuvchi raketalar qura olishi mumkin, deb xabar bermoqda Turkiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Ismoil Demirga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Demir bu mudofaa vazirligi avval raketalarni yaratishga tenderga arizalar topshirgan kompaniyalar bilan ishlamasligini anglatmasligini qo‘shimcha qildi.
"Biz uzoq radiusli raketalarni mustaqil yarata olamiz. Biz, shuningdek, tenderga ariza berganlar bilan birgalikda ishlash imkoniyatlarini ham baholaymiz", deb aytdi Demir.
Turkiya o‘tgan yilda Xitoy tomonidan yutib olingan, o‘zining raketa tizimini rivojlantirishga 3,4 mlrd dollarlik tenderni bekor qilgandi. Tender Turkiyaning NATOdagi ittifoqchilari tomonidan xavotirlanish bildirilganidan keyin bekor qilingan.