Tokiodagi do‘konda barcha buyumlar 9 ming dollardan sotiladi

Jamiyat 06:32 / 26.02.2016 3930

Isetan Mitsukoshi Holdings kompaniyasining Tokiodagi do‘konida barcha buyumlar 9 ming dollardan sotiladi, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal nashri. "Deflyatsiya, yo‘ldan qoch. Ortiqcha sarf qilish Yaponiyaga kamida bir kunga qaytmoqda", deb yozmoqda gazeta.

Ushbu aksiya 1 martda bo‘lib o‘tadi. Do‘konga kelgan xaridorlarga 1 mln iyenadan (8924.99 dollarga yaqin) 125 ta buyum taklif qilinadi. Xususan, ikra solingan oltin banka, Karen de Lorentsoning yumshoq ayiqchasi, 100 yillik bonsay daraxti va 24 qaratlik oltindan tayyorlangan sher haykalchasi shu narxdan sotiladi.   

Ba'zi mahsulotlar maxsus xitoylik sayyohlar uchun mo‘ljallangan. 2015 yilda xitoyliklar Yaponiyada rekord qiymatdagi 1,4 trln iyen (12 mlrd dollarga yaqin) sarflashgan.

Do‘konda sotiladigan mahsulotlarning standart narxi kamida 1,5 mln iyen turadi.

Kompaniya avvallari ham shunday arzon narxda sotishlar o‘tkazib turgan, biroq bu aksiya oxirgi 10 yil ichidagi birinchisi bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: