Angliya futbol federatsiyasi rahbariyati "Chelsi" jamoasining sobiq ustozi Joze Mourinyuni mamlakat bosh jamoasini boshqarishi mumkin bo‘lgan nomzodlar orasiga kiritgan.
The Sun nashrining xabariga ko‘ra, Roy Xojson Yevro-2016 turniridan keyin lavozimini tark etishi mumkin. Uning o‘rnini portugaliyalik mutaxassis egalashi mumkinligi aytilmoqda.
Mourino o‘tgan yilning 17 dekabrida londonliklar boshqaruvini tark etganidan keyin uning navbatdagi jamoasi "Manchester Yunayted" bo‘lishi aytilayotgandi.