Ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar o‘rtasida o‘tkaziladigan "Tashabbus-2016" ko‘rik-tanlovining 29 fevraldan 6 aprelga qadar 3 bosqichda bo‘lib o‘tadi.
Viloyat va Toshkent shahar bosqichi (shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi ham) 9 - 17 mart sanasiga rejalashtirilgan.
Tanlovning respublika bosqichi joriy yilning 24-25 mart kunlari o‘tkaziladi. Shuningdek, g‘oliblarni taqdirlash marosimi 6 aprel sanasiga mo‘ljallangan.