«Blancco Technology Group» kompaniyasi tadqiqot o‘tkazib, insonlarga eng ko‘p noqulayliklar keltiratidigan smartfonlarni aniqlashdi.
Shu ma'lum bo‘ldiki, 2015 yilning to‘rtinchi choragida 85 foizi muammosi «Android» platformasida va atigi 15 foizi «iOS»da ishlaydigan devayslar muammoli mobil qurilmalar deb topildi.
Agar ishlab chiqaruvchilar bo‘yicha foizlar bo‘lib chiqilsa, eng ko‘p muammoli «Android» qurilmalar ichida 27 foiz bilan Samsung yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarni, 21 foiz bilan Lenovo, Motorola va Xiaomi mos ravishda 18 hamda 11 foizlar bilan egallashgan.
Muammolarning o‘zi haqida gapiriladigan bo‘lsa, foydalanuvchilarning eng ko‘p “bosh og‘rig‘i” bu kamera bilan bog‘liq noqulayliklar ekanligi aniqlandi. Bu noqulaylik 10 foiz qurilmalarga tegishli. Keyingi muammo esa, 9 foiz bilan sensor ekranlarga, 6 foizdan mikrofon va qurilma tezligi bilan bog‘liq muammolarga tegishligi aniqlandi.
Yuqorida keltirilgan noqulayliklar, «Android» va «iOS»da ishlovchi 40 foiz smartfonlarga tegishli hisoblanadi.
Qiziqarlisi shuki, muammolarning xususiyatlari geografiyaga qarab o‘zgarishi ma'lum bo‘lgan. Misol uchun, Shimoliy Amerikada barcha muammolardan 25 foizini insonlar kamera va tezlik bo‘yicha, Yevropada esa 56 foizini qurilma antennasi va qo‘ng‘iroq qilish bo‘yicha nolishadi.