Suriyalik kurdlar qurollangan tuzilmalari Suriyadagi yarashuvga amal qilishlarini e'lon qilishdi. Bu haqda Suriya kurd partiyasi "Demokratik ittifoq"ning jangovar qanoti bo‘lgan O‘zini mudofaa qilish kuchlarining rasmiy bayonotida aytilmoqda.
"Biz kurd o‘zini mudofaa qilish kuchlari, AQSh va Rossiya ma'lum qilgan qurolli harakatlarni to‘xtatish jarayoniga katta ahamiyat beramiz va unga amal qilamiz. Biz agar hujumga uchrasak, tajovuzkorga qarshi javob berish huquqini saqlab qolamiz", deb aytdi O‘zini mudofaa qilish kuchlari vakili Redur Kselil.
Rossiya va AQSh 22 fevralda Suriyadagi o‘t ochishni to‘xtatish tartibi 27 fevral soat 0:00dan kuchga kirishi haqida qo‘shma bayonot berishgandi.