Shimoliy Koreyada kuzda xalqaro aviashou bo‘lib o‘tadi

Jahon 00:08 / 26.02.2016 2835

Shimoliy Koreyaning sharqidagi Vonsan shahrida 24-26 sentabrda xalqaro aviashou bo‘lib o‘tadi. Bu haqda jurnalistlarga Vonsan-Kimgansan xalqaro sayyohlik hududini rivojlantirish bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Li Sin Rel ma'lum qildi. Uning aytishicha, harbiy samolyotlar namoyishi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Tomoshabinlar uchun Shimoliy Koreyadagi yagona aviakompaniya – Air Koryo’ga tegishli turli tipdagi samolyotlarda parvozlar tashkil etiladi. Aviashouda badiiy jamoalar konsertlari, sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari bo‘lib o‘tadi.

Relning aytishicha, ko‘plab Osiyo va Yevropa davlatlari bu aviashouda ishtirok etish niyatini bildirdilar.

Asosiy voqealar Vonsanda qurilgan, Shimoliy Koreyadagi yirikligi bo‘yicha 2-raqamli "Kalma" aeroporti hududida bo‘lib o‘tadi. Sobiq harbiy baza hududida yaratilgan aeroportning qurilishi 2014 yilda boshlangan va 130 mln dollarga aylangan. Aeroport har kuni 2 mingdan ko‘proq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishga tayyor.

Shimoliy Koreyada aviashou Yapon dengizi sohilbo‘yida joylashgan Vonsan-Kimgansan kurort zonasiga ko‘proq sayyohlar, jumladan xorijliklarni jalb qilishga imkon berishiga umid qilinmoqda. Bu yerda Masiker tog‘-chang‘i majmuasi, Sondovon xalqaro bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi, qadimiy buddaviy ibodatxonalari, sharsharalari va ko‘llari bilan mashhur bo‘lgan Kimgansan tog‘lari bor. Bu joylar ham Shimoliy, ham Janubiy Koreyada birdek qadrlanadi hamda dunyodagi eng manzarali joylardan biri hisoblanadi.

Oxirgi yillarda Shimoliy Koreya hukumati mamlakatga xorijiy sayyohlarni jalb qilishga faol ko‘mak bermoqda. Xorijiy valyuta olinishi sayyohlik oqimiga bog‘liq, valyuta Pxenyanga qarshi kiritilgan qat'iy sanksiyalar sharoitida mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi uchun talab qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: