Britaniya kinoijodkorlarining “Sherlok” serialining to‘rtinchi faslini suratga olish ishlari aprel oyidan boshlanadi. Bu haqida mazkur teleshou prodyusseri Syu Verchyu ma'lumotiga tayanib, Gulf News xabar berdi.
«Biz tasvirga olishni aprelda boshlab, iyul oyidan tugatamiz», – dedi Verchyu. Uning so‘zlariga ko‘ra, 3 ta epizod suratga olinadi.
Bordiyu barchasi reja bo‘yicha amalga oshsa, «Bi-bi-si» to‘rtinchi faslni 2017 yilning yanvarida efirga uzatadi.
Stsenariy muallifi, prodyusser va Maykroft Xolms rolini talqin qilgan Mark Getissning so‘zlariga ko‘ra, keyingi qismlarda Sherlok Xolms va Jon Vatsonning o‘zaro bog‘liqligi yanada ortadi.
Bosh rollarni Benedikt Kamberbetch va Martin Frimen ijro etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning boshida serialning maxsus soni efirga uzatilgandi.