Samsung rep ijrochi Jay-Z’ning musiqiy xizmatini sotib olmoqchi

Jamiyat 20:17 / 26.02.2016 2766

Samsung kompaniyasi AQShlik rep ijrochi Jay-Z ga tegishli Tidal audiostriming xizmatini sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda anonim manbalarga iqtibos keltirgan holda New York Post nashri xabar bermoqda.

Samsung’dan tashqari musiqiy xizmatni sotib olishni Google va Spotify ham ko‘rib chiqqan. Biroq Samsung ulardan ko‘ra "nimadir qattaroq narsa qilishni" mo‘ljallamoqda, shuning uchun xizmatni sotib olishga ko‘proq qiziqish bildirmoqda.

"Samsung yana qiziqmoqda, ular haqiqatda kattaroq nimadir ustida ishlashmoqda va buni ma'lumotlar chiqib ketmasligi uchun sir tutishmoqda", deb aytdi manba. Manbaning ta'kidlashicha, musiqiy xizmat to‘lovlar bilan qiyinchilik sezmoqda va unga "yangi uy" zarur.

Tidal musiqiy xizmati 2014 yil oktabrda Aspiro skandinav kompaniyasi tomonidan ishga tushirilgan. Xizmatning boshqa xizmatlardan farqi shundaki, u musiqani FLAC formatida ijro etadi. 2015 yilda xizmatni 56 mln dollarga Jay-Z sotib olgan. Shuningdek, xizmatga u bilan birga Kane Uest, Rianna, Madonna va boshqalar birgalikda egalik qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: