Krishtianu Ronaldu «Real» futbolchisi bo‘lish nimani anglatishi borasida fikr bildirib o‘tdi.
«Real»da doimo ichki va tashqi bosimni his qilasan. Men bir necha yildan beri bu yerdaman va bunga o‘rganib qolganman.
Klubning mavqei shundayki, odamlar bizni boshqalar kabi baholashmaydi. Har qanday holatda ham shaxsiy hayot borasida hammasi yaxshi, «Real»da o‘ynayotganimdan xursandman.
Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashini his qilaman. Qachonki odamlar mening nomimni olqishlashsa, bundan faxr tuyg‘usini his qilaman», – deydi portugaliyalik futbolchi.
Ronaldu «Atletiko»ga qarshi o‘yin borasida ham o‘z fikrlari aytib o‘tgan.
«Bu muhim o‘yin. Biz bu bahsni uyda, o‘z muxlislarimiz qarshisida o‘tkazamiz. «Atletiko» juda yaxshi himoyalanadi. Lekin biz g‘alaba qozonishimiz shart. Chempionatdagi vaziyat og‘ir, ammo biz oxirigacha kurashamiz», – deydi Krishtianu.