Qirg‘iziston bosh vaziri: agar yetarlicha energetik quvvatlar bo‘lmasa, unda import qilish kerak

Jahon 23:58 / 26.02.2016 4025

"Agar o‘zimizning yetarlicha energetik quvvatlarimiz bo‘lmasa, unda uni import qilish kerak", deb aytdi Qirg‘iziston hukumati yig‘ilishida mamlakat bosh vaziri Temir Sariyev.

Hukumat yig‘ilishida aksilinqiroz dasturi va biznesni murakkab sharoitlarda qo‘llab-quvvatlash imkoniyati ko‘rib chiqildi. Qirg‘iziston Milliy energetik xolding kompaniyasi hisobotida kompaniya rahbari mavjud energetik quvvatlar yetmayotganini ta'kidlab o‘tdi. Hozirda energoxolding tadbirkorlarga ishlab chiqarish uchun 60 megavatt quvvat berishi mumkin. Biroq elektr tarmoqlariga ulanishga ruxsat olish uchun hech qanday gap yo‘q.

Temir Sariyevni ishlarning bunday vaziyatdaligi qoniqtirmagan. "Bu yo‘nalishda qat'iy choralar qabul qilish kerak. Agar biz biznesga o‘z kuchlarimiz bilan quvvat bera olmasak, unda uni import qilish kerak. Agar biznesda elektr energiya bo‘lmasa, ishlab chiqarish to‘xtab qoladi. Bunday bo‘lishi kerak emas. Tadbirkorlar to‘lashga tayyorlar, ular binolar qurish uchun imkoniyatlar so‘ramoqdalar, biz esa ularni cheklamoqdamiz. Yangi binolarni gazga o‘tkazish kerak, zarur bo‘lganda ko‘mirda ishlovchi bug‘ qozonxonalari qurish kerak. Ba'zi joylarda ko‘mir shundoq turadiyu, biroq uylar elektr bilan isitiladi", deb aytdi Temir Sariyev.

Ko‘proq yangiliklar: