Putin: 2015 yilda 400 nafar xorijiy josusning faoliyatiga chek qo‘yildi

Jahon 18:55 / 26.02.2016 6065

Rossiya prezidenti Vladimir Putin FXX a'zolari bilan uchrashuvda 2015 yilda Rossiya hududida 400 nafardan ortiq xorijiy josuslar faoliyatiga chek qo‘yilgani haqida ma'lum qildi.

«O‘tgan yili xorijlik josuslarning Rossiyadagi faolligi kuchaydi. Bunga dalillar yetarlicha», — deydi Putin.

Uning qayd etishicha, 2015 yilda «400 nafarda ortiq xorijlik josuslar faoliyati» to‘xtatilgan.

Putin bunday shaxslardan 23 nafariga nisbatan jinoiy ish ochilgani haqida ma'lum qilgan.

Putin bu yig‘ilish vaqtida FXX xodimlariga chegaralarda qochqinlar oqimini qat'iy nazorat qilish vazifasini topshirgan.

Ko‘proq yangiliklar: