25-26 fevral kunlari Pekin shahrida ShHTga a'zo davlatlarning narkotik moddalarga qarshi kurashish vakolatli berilgan organlari Kengashi huzuridagi prekursorlarni nazorat qilish ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
"Mazkur yig‘ilish O‘zbekiston tomoni raisligida o‘tkazildi", deb xabar qiladi Tashqi ishlar vazirligining axborot xizmati.
Uchrashuvda ShHTga a'zo davlatlarning 2017-2022 yillar uchun Aksil-narkotik strategiyasi va uni bajarish bo‘yicha Harakat dasturi loyihalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, tashkilotga a'zo davlatlarning narkotik moddalar va ularning prekursorlarini noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.