Joriy yilning 29 fevralidan 4 martiga qadar Udmurt Respublikasi (Rossiya federatsiyasi) ishbilarmonlari guruhi O‘zbekistonda bo‘lib, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha muloqotlar olib boradi.
Rossiyaliklarning tashrifi doirasida Toshkentda Rossiya va O‘zbekistonlik kompaniyalar ishtirokida o‘zbek-rossiya biznes-forumi va kooperatsion birjasi bo‘lib o‘tadi.
Rossiya delegatsiyasi Mebel Expo Uzbekistan 2016 Xalqaro ko‘rgazmasida qatnashadi va ko‘rgazma stendlarida hamkorlikka oid bir qancha kelishuvlar imzolash imkoniga ega bo‘ladi.
Shuningdek, rossiyalik ishbilarmonlarning O‘zbekiston Resbublikasi oziq-ovqat sanoati ishlab chiqaruvchilar bilan muloqotlari ham belgilangan.