Bugun, 26 fevral kuni Shveytsariyaning Tsyurix shahrida FIFA prezidentigi uchun saylov bo‘lib o‘tadi. Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) a'zolari OFK prezidenti Shayx Salmon nomzodiga ovoz beradi. Bu haqida OFK rasmiy sayti xabar bergan.
Markaziy Osiyoning olti davlati, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Eron, Tojikiston, Afg‘oniston va Turkmaniston Sharqiy Osiyo futbol federatsiyasi hamda Janubiy Osiyo futbol federatsiyasi qatorida shayx Salmon ibn Ibrohim al-Xalifa nomzodini qo‘llab-quvvatlaydi.
Shayx Salmon ibn Ibrohim Al-Xalifadan tashqari, UYeFA Bosh kotibi Janni Infantino, Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Husayn, janubiy afrikalik Tokio Seksvale va FIFA sobiq Bosh kotibi Jyerom Shampan saylovda nomzod sifatida ishtirok etishmoqda.