Mad Catz yangilangan S.U.R.F.R o‘yin manipulyatorini taqdim etdi

Fan-texnika 23:48 / 26.02.2016 2434

Uchinchi ishlab chiqaruvchilar yangi Samsung Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge uchun aksessuarlarni namoyish etishda davom etmoqda. 

Masalan, Mad Catz kompaniyasi MWC 2016 ko‘rgazmasida S.U.R.F.R geympadining yangilangan variantini taqdim etdi. U Designed for Samsung maxsus sertifikatiga ega ekanligi uchun yaqindagina premerasi bo‘lib o‘tgan smartfonlarga juda ham mos keladi. Xususan, geympadni nafaqat o‘yinlar uchun, balki multimedia klaviaturasi sifatida ham ishlatish mumkin.

S.U.R.F.R QWERTY-klaviaturasi bilan ta'minlangan. Shuningdek, qurilma korpusida juft analogli joystik va triggerlar, Android-qurilma bilan o‘zaro hamkorlikda ishlovchi va ba'zi funksiyalardan tezda foydalanishga imkon beruvchi bir necha qo‘shimcha tugmalar ham mavjud.

Qaytadan yangilangan S.U.R.F.R sotuvga Samsung Galaxy S7 va Galaxy S7 bilan bir vaqtda, ya'ni 11 mart kuni chiqarilishi kutilmoqda. Yangi geympad narxi hali e'lon qilinmadi. Biroq original S.U.R.F.R qiymati hisobga olinsa, uning narxi 80 dollar atrofida bo‘lishi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: