Kasaba uyushmalari bolalar o‘rtasida qo‘shiq va she'rlar tanlovi e'lon qildi

Jamiyat 19:20 / 26.02.2016 5738

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari va Xalq ta'limi vazirliklari, O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi, O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot Agentligi, O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi tomonidan bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularni ma'naviy barkamol insonlar qilib voyaga yetishiga xizmat qiladigan bolalar qo‘shiklari, she'rlari va hisob she'rlarni yaratish bo‘yicha respublika ijodiy tanlovi e'lon qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi matbuot xizmati xabar bergan.

Tanlovga yoshidan qat'i nazar respublikada faoliyat yuritadigan bastakor, shoirlar, bolalar ijodiy jamoalari, musiqa va san'at maktablaridagi ijodkorlar taklif etiladi.

Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi.

1-bosqichi – hududiy bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi kasaba uyushmalari hududiy birlashmalar tomonidan hududiy Xalq ta'limi, Madaniyat va sport ishlari boshqarmalari, Yozuvchilar Uyushmasi hududiy bo‘limlari tomonidan tashkil etiladi.

Tanlovga ijodiy ishlar – 2016 yilning 1 fevralidan – 1 apreligacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi kasaba uyushmalari hududiy birlashmalarda qabul qilinadi.

Nomzodlarni saralash 2016 yilning 1 aprelidan 5 apreliga qadar amalga oshiriladi.

Tanlovning 2-bosqichi – respublika saralash bosqichi Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Tanlov ishtirokchilarini ro‘yxatga olish, ijodiy ishlarni qabul qilish

10 apreldan – 25 aprelgacha, nomzodlarni saralash – 26 apreldan – 30 aprelgacha tashkil etiladi.

Tanlov quyidagi 3ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi.

– eng yaxshi yangi qo‘shiq;

– eng yaxshi she'r;

– eng yaxshi hisob she'ri.

Tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va faol ishtirok etgan bastakor, shoirlar va ijodiy jamoalar 1 iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida e'lon qilinadi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar:

Batafsil ma'lumot uchun telefonlar:

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi – 256-87-57, 252-14-57

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi – 239-41-27

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi – 239-41-99

O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi – 227-08-25

O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi – 233-08-67

Ko‘proq yangiliklar: