AQShlik geofiziklar tomonidan Kaliforniyadagi tabiiy gaz koni omborida yuzaga kelgan tekishdan katta miqdorda metan sirqib chiqayotgani aniqlandi va u mamlakat tarixidagi eng yirigi sifatida e'tirof etildi. Tadiqiqotlar Science juranalida e'lon qilindi.
Sirqish 2015 yilning 23 oktabrda Kaliforniya hududidagi Alizo Kanon yer osti omborida boshlangandi. 2016 yilning 11 fevral kuniga kelib bartaraf etildi. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, bir soatda 60 tonna metan va 4,5 tonna etan gazi havoga ko‘tarilgan. Shu vaqt oralig‘ida jami 100 ming tonnaga yaqin gaz atmosferaga chiqib ketgan.
Alizo Kanon kattaligi bo‘yicha AQShdagi 4-gaz ombori hisoblanadi. Voqeadan so‘ng xavfsizlik uchun mintaqadan 11 ming odam evakuatsiya qilindi.