Jon Kerri diniy ekstremizmni AQShga tahdid qilayotgan bosh xavf deb atadi

Jahon 09:21 / 26.02.2016 1789

AQShga tahdid solayotgan bosh xavf radikal diniy ekstremizm hisoblanadi, deb aytdi AQSh Davlat kotibi Jon Kerri. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.

"Agar men AQShning kundalik hayotida va dunyodagi barqarorlik uchun bosh xavfni aytishimni istasangiz, bu vahshiy ekstremizm, radikal diniy ekstremizm, deb aytgan bo‘lardim", deb aytdi Kerri AQSh kongressi vakillar palatasining xorijiy ishlar bo‘yicha qo‘mitasidagi nutqida.

Kerrining aytishicha, diniy ekstremizm xavfi Rossiya oldida ham turibdi.

Ko‘proq yangiliklar: