"Inter" jamoasi prezidenti Erik Tohir bundan keyingi mavsumlarda Italiya chempionatining birinchi tur uchrashuvlarini dunyoning turli mamlakatlarida o‘tkazish taklifi bilan chiqdi.
Milanliklar jamoasi rahbariyati juma kuni o‘tgan yig‘ilishda liganing televizion sotuvlaridan tushadigan daromadi xususida gap bordi.
Erik Tohir Italiya chempionatining keyingi mavsumlarida birinchi tur o‘yinlarini 10ta mamlakat (Osiyo va Shimoliy Amerika) bo‘ylab o‘tkazishni taklif qilgan. Uning fikricha, bu A seriyaning ommabopligini oshirishga xizmat qiladi.
Qayd etish kerakki, uning bu g‘oyasi muvaffaqiyat qozonishiga ishonch bildirilmayapti. Bundan oldinroq, Italiya Superkubogi uchun bahslarni dunyoning turli chekkalarida o‘tkazish tajribasi qo‘llangan, lekin bu jamoalar orasida tushunmovchiliklarni keltirib chiqargandi.