Mail.ru Group o‘zining HeadHunter portalini Elbrus Capital boshchiligidagi sarmoyadorlar konsorsiumiga 10 milliard rublga sotib yubordi.
Bitim 2016 yil 25 fevral kuni yakunlandi, xabar beradi RBK.
Mail.Ru Group ushbu HeadHunter biznesiga oxirgi yetti yil davomida egalik qildi. Shu vaqt ichida portalning oylik foydalanuvchilari soni 4 milliondan 19 milliongacha oshdi, rezyumelar bazasi 3 milliondan 19,7 millionga, bo‘sh ish o‘rinlari bazasi 70 mingdan 300 mingga yetdi.
2015 yili HeadHunter portalining daromadi 3055 million rublni tashkil etdi.
HeadHunter - Rossiyaning ish qidirishga mo‘ljallangan yirik portallaridan biri.