25 fevral oqshomida Yevropa ligasining nimchorak final javob o‘yinida "Krasnodar" jamoasi o‘z maydonida "Sparta"ga qarshi bahs olib bordi. Ushbu o‘yin rossiyaliklarning 0:3 hisobida mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
Birinchi taymda muxlislar gol ko‘rishmadi. O‘yinning 51 daqiqasida esa chexlar futbolchisi Marechek hisobni ochdi. Oradan 6 daqiqa o‘tib, Fridek hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.
68 daqiqada esa krasnodarliklar futbolchisi Kabore ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. Chexlar son borasidagi ustunlikdan unumli foydalanib, 2 daqiqa o‘tgach uchinchi golni urishdi. Fatai 70 daqiqada uchinchi golga mualliflik qildi.
Shu tariqa, "Krasnodar" har ikki o‘yindagi mag‘lubiyati tufayli Yevropa ligasidagi ishtirokini to‘xtatdi.
Yevropa ligasi. 1/16 final, javob o‘yini
Krasnodar — Sparta 0:3
Gollar: Marechek, 51, Fridek, 57, Fatai, 70
Krasnodar: Dikan — Petrov, Grankvist, Strandberg, Kaleshin — Ahmedov, Kabore, Pereyra (Vanderson, 62) — Smolov (Torbinskiy, 75), Ari, Mamayev (Joazino, 62)
Sparta: Bichik — Kosta, Golek, Brabets, Zagustel — Vaxa, Marechek (Mateyovski, 79), Fridek, Dochkal (Konate, 84), Fatai (Yulis, 76) — Kreychi
Ogohlantirishlar: Kabore, Pereyra, Smolov — Marechek, Fatai
Chetlatish: Kabore, 68
Dastlabki uchrashuv: 0:1