Erdo‘g‘anning maslahatchisi: Anqara Suriyada quruqlikdagi amaliyotlar boshlashni rejalashtirmagan

Jahon 15:35 / 26.02.2016 1717

Turkiya alohida holda Suriyaga quruqlikdagi harbiy amaliyotlar o‘tkazish uchun kirmoqchi emas. Bu haqda mamlakat prezidentining maslahatchisi Ibrohim Kalinga asoslanib, Reyter agentligi xabar qilgan.

Uning ta'kidlashicha, Anqara xalqaro koalitsiya bilan hamkorlik qilishda davom etadi.

"Biz bundan oldin ham bir necha marta aytganmiz, jangarilarga qarshi kurashda xalqaro koalitsiya bilan hamkorlik qilishda davom etamiz. Shuning uchun, Saudiya Arabistoni bilan birga yoki boshqa davlat bilan boshqa ittifoq tuzib, Suriyada quruqlikdagi harbiy amaliyotlarni boshlash niyatida emasmiz. Buni muhokama qilishning ham hojati yo‘q", deydi u.

Bundan oldinroq, Turkiya TIV rahbari Mavlyut Chovusho‘g‘li Suriyada quruqlikdagi harbiy amaliyotlar boshlash kun mavzusi emasligini aytib o‘tgandi. U Turkiya Suriyaga quruqlikdagi qo‘shinlarini faqatgina xalqaro koalitsiya tarkibida kiritishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: