Yeadaily: Tojikiston - Pentagonning Markaziy Osiyodagi bosh hamkori

Jahon 19:43 / 26.02.2016 8519

Pentagon tomonidan 2016-2017 yillar uchun Markaziy Osiyo davlatlarining terrorchilikka qarshi kurashi uchun so‘ralgan 50 mln dollardan katta qismini Tojikiston oladi, deb xabar bermoqda Afghanistan Today nashri.

AQSh mudofaa vazirligi tomonidan ma'lum qilingan hujjatda mablag‘lar toliblar, IShID va Markaziy Osiyodagi boshqa terrorchilik guruhlari faoliyatiga qarshi kurashish uchun yo‘naltiriladi va mintaqadagi barqarorlikka ko‘mak berishi aytilgan. Pentagon mintaqadagi asosiy hamkori sifatida Tojikistonni aytgan, deb ma'lum qilmoqda Yeadaily nashri.

AQShda Terrorchilikka qarshi kurashishni qo‘llab-quvvatlash dasturini (Counterterrorism Partnerships Fund) amalga oshirish 2014 yildan boshlangan. Pentagon tomonidan so‘ralgan mablag‘lar (2016 yil uchun 20 mln dollar va 2017 yil uchun 30 mln dollar) Afg‘oniston bilan chegaralarni qo‘riqlashni kuchaytirish, noqonuniy migratsiya, giyohvand moddalar va qurol-aslaha aylanmasiga qarshi kurashishga ko‘mak berishga yo‘naltiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: