Dubayda xonadoshidan tashqarida chekishni so‘ragan shaxs qotillik qurboniga aylandi

Jamiyat 18:36 / 26.02.2016 5971

Arab millatiga mansub erkak Dubayda o‘z xonadoshini o‘zidan xonada chekmasligini so‘ragani uchun pichoqlab qo‘ydi.

Amirlikdagi Barraha tumanining hukumat binosida qo‘riqchi bo‘lib ishlovchi 42 yoshli erkak xonadoshi tamakini yondirib, unga tashqarida chekishi kerakligini aytganida qattiq darg‘azab bo‘ladi.

“Marhumning do‘sti talvasaga tushib qolgan edi. U pichoqni olib, xonadoshini joni chiqqunicha uradi va so‘ngra qochib ketadi. Keyinroq aybdor politsiya tomonidan qo‘lga olindi”, - deya xabar beradi Emarat Alyoum daily nashri.

Xabarda yozilishicha, politsiya avvaliga jinoyatni amalga oshirishda ular bilan bir binoda yashovchi boshqa gumondorni qidiruvga bergan.

Ko‘proq yangiliklar: