Facebook shtab-kvartirasida shaxsiy fikr, g‘oya va his-tuyg‘ularni ifodalash mumkin bo‘lgan maxsus devordagi yozuvlardan biri irqiy ayirmachilikka misol deb ma'lum qilindi.
"Facebook ixtirochisi Mark Tsukerberg Kaliforniya shtati Menlo-Park shahridagi kompaniyaning shtab-kvartirasida ayrim xodimlariga irsiy irqchilik qilgani uchun hayfsan e'lon qildi", deb xabar beradi TASS.
Ushbu taxtada yozib qo‘yilgan “Qora tanlilarning hayoti ahamiyatga ega” iborasini chizib “Har kimning hayoti ahamiyatga ega” iborasiga aylantirgan. Kompaniya rahbari bu holatning takrorlanayotganiga e'tibor bergan.
“Men xodimlarimning bunday harakatidan juda ham xafa bo‘ldim. Ogohlantirganimdan keyin ham ayirmachilikka yo‘l qo‘yishni zolimlik deb hisoblayman”, deydi u Fox News telekanali muxbiri bilan suhbatda.
“Voqea joyi yoki tafsilotlaridan qat'i nazar, so‘zlarning ustidan chizish, kimningdir ahamiyati kimnikidandir kuchliroq deb og‘izni yopish bilan barobar. Facebook har bir insonga hurmat bilan munosabatda bo‘linadigan hamjamiyatdir” , - deya qo‘shimcha qildi u.
Sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan tergov ishlari boshlangan.