Blatter FIFAdagi fitnaning asosiy sababini aytdi

Sport 01:17 / 26.02.2016 8033

Futbol faoliyatidan chetlatilgan FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter FIFA ichidagi fitna Mishel Platiniga tashkilotning prezidenti bo‘lishga yo‘l qo‘ymaslik  uchun uyushtirilgan, deb aytdi.

FIFAning axloq bo‘yicha qo‘mitasi 21 dekabrda Blatter va Platinini futbol faoliyatidan 8 yilga chetlatdi. Shu sababli Platini FIFA prezidenti lavozimi uchun kurashda ishtirok eta olmadi. Platinining chetlatilishiga go‘yoki uning hisob raqamiga 2 mln shveysar frankining noqonuniy o‘tkazilgani sabab bo‘lgan. 

"Men komissiyadan yaxshiroq qarorni kutgandim, chunki FIFAda qandaydir fitna bo‘lganini ko‘rdim. Birinchidan, Platiniga qarshi, FIFA prezidenti bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, keyin esa menga qarshi. Bu juda achinarli", deb Blatter aytgan so‘zlarni keltirdi L'Équipe nashri.

Ko‘proq yangiliklar: