AQShda politsiya 4 soat davomida ponini tutishga harakat qildi

Jamiyat 21:14 / 26.02.2016 3479

AQShda politsiya xodimlari yakkashox (yedinorog) ko‘rinishida kiyintirilgan Juletta laqabli ponini 4 soat davomida tutishga harakat qildi. Bu haqda New York Daily News nashri xabar bermoqda.

Juletta kichik bola bilan birga suratga olinayotganda, uning atrofida olomon to‘plangach, birdan hurkib, qochib ketgan.

"Yakkashoxni" na uning egasi, na fotosuratchi Sandra Bus, na mahalliy rahbariyat vakillari, jumladan Kaliforniya yo‘l-patrul xizxmati tuta olmadi. Operatsiyaga, shuningdek, vertolyot ham jalb qilingan. 4 soatdan keyingina ponini tutishga muvaffaq bo‘lingan.

"U antiqa poni. Ponilar o‘zi tabiatan o‘ynoqi bo‘ladi", deb aytdi Bus "Juletta o‘z Romeosini topgani qochib ketdimi yoki umuman yakkashox bo‘lishga qaror qildimi?" degan savolga shunday javob berdi va "Fikrimcha, u yegulik qidirgan" deb qo‘shimcha qildi.

Yo‘l-patrul xizmatida poni bir necha marta avtomobillar bilan to‘qnashib ketishiga bir baxya qolgani ta'kidlab o‘tildi. Ushbu voqea sababli hech qanday shikastlanishlar, jabrlanganlar yo‘qligi omad deb ataldi.

Ko‘proq yangiliklar: