Xitoy hukumati korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida Xitoy Kommunistik partiyasi a'zolari uchun dafn qilish qoidalarini qat'iylashtirishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Global Times nashri.
Mamlakatning birdaniga 9 ta vazirligi, jumladan moliya vazirligi ekologik dafnlarni o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnoma chop etdi. Bu hujjatga ko‘ra, partiya a'zolari dafn qilish marosimlarini ekologiyaga zarar yetkazmagan holda o‘tkazishlari kerak.
"Ba'zi amaldorlarning qabrlari o‘lchami milliy standartda qabul qilingan 1 kvadrat metrdan bir necha marta qattaroq. Buning ustiga ko‘pchilik qabrlarni hashamatli qilib bezaydi, ba'zi hollarda esa bunday hashamatli qabr pora bo‘lib xizmat qilish mumkin", deb aytdi dafnlarni tashkil qilish sohasidagi mutaxassis Yan Genxay.
Genxayning aytishicha, ba'zi kompaniyalar "mashhur bo‘lish maqsadida" aynan mahalliy amaldorlarni dafn qilish uchun qabristonlar yaratadilar. Qolganlar esa qimmatbaho qilib bezalgan qabr "mashhurlik" keltirishiga qiziqish bildiradi.
Ta'kidlanishicha, amaldorlarning oila a'zolari ham kiritilayotgan o‘zgartirishlarga amal qilishlari kerak bo‘ladi. Misol uchun, qoidalar tasdiqlanmagan dafn qilish turlari va dafn qilish uchun me'yorga to‘g‘ri kelmaydigan maydonlarni sotib olish holatlariga ham tegishlidir.
Manba yangi qoidalarga amal qilmaganlar jazolanishini aytdi, biroq bu qanday yo‘l bilan amalga oshirilishini keltirmadi.